Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Ish beruvchilar Konfederatsiyasida rahbar o‘zgardi. Navbatdan tashqari umumiy ta’sis yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, tashkilot raisi etib O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov saylandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, tashkilot faoliyatini takomillashtirish va hududiy vakolatxonalar tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Konfederatsiyaning hududlardagi faoliyatini kengaytirishga qaror qilindi: Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari rahbarlari endilikda Konfederatsiyaning joylardagi rasmiy vakillari bo‘ladi.

Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, islohotlar ish beruvchilar bilan muloqotni kuchaytirish va biznes manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Avvalroq Davron Vahobov O‘zbekistondan Afg‘onistonga avtomobil eksporti yiliga 100 mingtagacha yetib, bozor hajmi 500 million dollarga yaqinlashishi mumkinligini aytgan edi.

Source: podrobno.uz