Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu lavozimga Xojikozijon Isakov tayinlangan.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Isakov avval Farg‘ona viloyatidagi 426-sonli ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan kolonnani boshqargan.

U bu lavozimda 2024-yil fevral oyidan buyon tuman rahbari bo‘lib kelgan G‘aniyjon Soliyev o‘rnini egalladi. Soliyev hokim etib tayinlanishidan oldin shu tumanning “Xo‘jakishloq” mahallasida ma’muriyat rahbari yordamchisi bo‘lib ishlagan.

Sobiq hokimning yangi ish joyi haqida rasmiy xabarda ma’lumot berilmagan.

Source: podrobno.uz