Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qazaqstan Barysy” Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Musobaqada erkaklar va ayollar yetti vazn toifasida bellashdilar.
66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Abdurahim Nutfullaev finalda rossiyalik Saygid Kerimovni mag‘lub etdi. Janglarning o‘rtalariga kelib Nutfullaev yuko ochkosini qo‘lga kiritdi va raqibining barcha hujumlariga qaramay, yetakchilikni saqlab qoldi.
Shu vazn toifasida bronza medalini yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Anvarjon Ibragimov qo‘lga kiritdi. Shuningdek, bronza medali rossiyalik Ramazan Abdulaevga nasib etdi.
Source: kun.uz