Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Misrning Ismoiliya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eng og‘ir vazn toifasida (110 kg dan yuqori) qatnashgan Omadillo Olimov yakuniy kunda ikki marta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. U dast ko‘tarishda 169 kg bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi, ammo siltab ko‘tarishda 219 kg va ikki kurash yig‘indisida 388 kg natija ko‘rsatib, bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Boburmirzo Yoqubov dast ko‘tarishda 152 kg natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ziyoda Xudoyqulova esa dast ko‘tarishda 93 kg ko‘rsatib, bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida olimpiya chempioni Akbar Jo‘rayev nomidagi ixtisoslashtirilgan og‘ir atletika maktabi ochilgan edi.

Source: podrobno.uz