Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi choragida soliq va yig‘imlardan tushumlar 63,6 trillion so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan.

Eng katta ulush foyda solig‘iga to‘g‘ri kelgan – 20,4 trillion so‘m (umumiy tushumlarning uchdan bir qismi). Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha 12,5 trillion so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShDS) bo‘yicha esa 10,7 trillion so‘m tushum qayd etilgan.

Soliq turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari: foyda solig‘i – 43% ga oshib, 20,4 trillion so‘m; QQS – 27% ga oshib, 12,5 trillion so‘m; JShDS – 15% ga oshib, 10,7 trillion so‘m; yer qa’ridan foydalanish solig‘i – 17% ga oshib, 6 trillion so‘m; aksiz solig‘i – 1% ga oshib, 4,6 trillion so‘m; soliq bo‘lmagan tushumlar – 1% ga oshib, 3,3 trillion so‘m; yer solig‘i – 34% ga oshib, 2,8 trillion so‘m; mulk solig‘i – 11% ga oshib, 2,3 trillion so‘m; aylanma solig‘i – 12% ga oshib, 0,6 trillion so‘m; suv resurslaridan foydalanish solig‘i – 82% ga oshib, 0,4 trillion so‘m.

Soliq bo‘lmagan tushumlar dividend to‘lovlari, davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.

Source: kun.uz