Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Shvetsiyada migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 20 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Ular O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasida vatanga qaytarilgan. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash masalalari tezkorlik bilan kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida ham ushbu mamlakatdan charter reys orqali 21 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarilgan edi. Ular mamlakatga qoidani buzgan holda kirib, migratsiya qonunchiligiga rioya etmasdan yurgan.

Avvalroq Yaponiya qisqa muddatli biznes vizasi bilan kelib, mamlakatda noqonuniy qolib ketgan yana bir O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilgandi.

Source: www.gazeta.uz