Prezident 4-may kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasiga (Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik) o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Yangi normalar 5-avgustdan kuchga kiradi.
Endi quyidagi harakatlar qoidabuzarlik hisoblanadi: yoqilg‘i, materiallar va chiqindilarni ochiq olovda belgilanmagan joylarda yoqish; shinalar, bitum, mazut, plyonkalar, sintetik karton, kauchukni issiqxona va ishlab chiqarish xonalarini isitish uchun yoqish.
Jarima miqdorlari: birinchi marta qoidabuzarlik uchun fuqarolarga 15-25 BRV (6,18-10,3 mln so‘m), mansabdor shaxslarga 25-50 BRV (10,3-20,6 mln so‘m); yil davomida takroran qoidabuzarlik uchun fuqarolarga 25-50 BRV (10,3-20,6 mln so‘m), mansabdor shaxslarga 50-70 BRV (20,6-28,84 mln so‘m).
Source: kun.uz