O‘zbekistonda pedagog xodimlarning farzandlariga davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qish kontrakti uchun 30% chegirma berish taklif qilinmoqda. Bu haqda normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan qaror loyihasida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, imtiyoz faqat davlat oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi. Chegirma o‘quv yilida bir marta qo‘llanilishi rejalashtirilgan va har yili onlayn ariza topshirish talab etiladi.
Imtiyoz magistratura, sirtqi, kechki, masofaviy ta’lim, qo‘shma dasturlar va super-kontraktga tatbiq etilmaydi.
Avvalroq O‘zbekistonda ayollarning oliy ta’limga kirishini kengaytirishga qaratilgan yangi tashabbus ishga tushirilgani xabar qilingan edi. Ish tajribasiga ega ayollar davlat oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanoma olishlari mumkin. Buning uchun 500 ta kvota ajratilgan.
Source: podrobno.uz