Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonlik sportchi Artur Guliev Germaniyaning Brandenburg shahrida bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining II bosqichida g‘olib chiqdi.

28 yoshli kanoechi C1 200 metr masofaga final poygasida kuchli raqiblarni ortda qoldirib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 00:38.44 soniya natija bilan finishtashdi.

Ispaniyalik Pablo Grana 00:38.63 soniya bilan kumush, rossiyalik Sergey Svinarev esa 00:39.09 soniya bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Musobaqa 14-17 may kunlari Brandenburgda bo‘lib o‘tmoqda. Unda besh qit’aning 60 davlatidan 854 nafar sportchi ishtirok etmoqda. To‘rt kun davomida 243 ta poyga o‘tkazilib, 36 ta medal to‘plami o‘ynaladi: 24 tasi baydarka va kanoeda, 12 tasi parakanoeda.

Sportchilar 2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqi va reyting ochkolari uchun kurashmoqda.

Source: kun.uz