Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda “Matiz” avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini 912 marta buzgani uchun 331 million so‘mdan ortiq jarima to‘pladi. Avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi.

2-sonli majburiy ijro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi 2024-yil aprel oyidan boshlab qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan. Jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlashi natijasida qarz miqdori oshib borgan.

Avtomobil qidiruvga berilgan va 15-may kuni topilib, jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Byuro yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish muhimligini ta’kidlab, ularni e’tiborsiz qoldirish jiddiy oqibatlarga olib kelishini eslatdi.

Eslatib o‘tamiz, 8-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 49 ta haydovchi maksimal 12 ball to‘plab, haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lgan.

Source: podrobno.uz