Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahrida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzib, 900 dan ortiq qoidabuzarlik sodir qilgan Matiz haydovchisi aniqlandi, deya xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahri boshqarmasi.

Ma’lum bo‘lishicha, Matiz haydovchisi 2024-yil aprel oyidan buyon yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda va muntazam buzib kelgan. Oqibatda unga jami 912 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilib, 311 million so‘mdan ortiq qarzdorlik yuzaga kelgan.

Haydovchi yo‘llarda harakatlanar ekan, qoidalarni pisand qilmaslikni odatga aylantirgan, biroq qilingan huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarni to‘lashga shoshilmagan, deyiladi xabarda.

Qarzdorlik yillar davomida yig‘ilib borgan va avtomashina qidiruvga berilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv va majburiy ijro harakatlari natijasida ushbu avtomashina topilib, 15-may kuni jarima maydoniga joylashtirilgan.

Source: www.gazeta.uz