Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda raqobatga qarshi kelishuvlar va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilgani haqida ma’lumot taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda. Tegishli nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Nizomga ko‘ra, qonunbuzilishi haqida ma’lumot og‘zaki, yozma, elektron axborot tizimlari yoki ishonch telefonlari orqali taqdim etilishi mumkin. Pul mukofoti miqdori Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi jamg‘armaga tushgan jarima summasining budjetga ajratmalardan qolgan qoldiq miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Anonim murojaatlar ham tahlil uchun asos sifatida foydalanilishi mumkin, biroq ular uchun rag‘batlantirish chorasi qo‘llanilmaydi. Agar bir qonunbuzilish bo‘yicha bir nechta shaxs ma’lumot bersa, eng oldin ma’lumot taqdim etgan shaxs rag‘batlantiriladi.

Loyiha muhokamasi 3-iyungacha davom etadi.

Source: www.gazeta.uz