Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Kelgusi haftada nishonlanadigan Qurbon hayiti munosabati bilan aholining ehtiyojmand qatlamlariga keng ko‘lamli yordam ko‘rsatiladi. Bu haqdagi taqdimot payshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 690 milliard so‘m mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘lar kam ta’minlangan oilalar, nogironlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Shu bilan birga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun xayriya dasturxonlari yozilishi, ziyoratgohlar va diniy ta’lim muassasalarida qurbonlik marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlar bayram ruhini yuksaltirish va muhtojlarga yordam berish maqsadida amalga oshiriladi.

Source: www.gazeta.uz