Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston hukumati 21 may kuni qabul qilgan qaror bilan xorijiy fuqarolar uchun maxsus soliq rejimini joriy etdi. Endilikda chet elliklar bir martalik 50 ming dollar to‘lov evaziga mamlakatda besh yilgacha maxsus soliq maqomiga ega bo‘lishlari mumkin.

Ushbu maqom arizada ko‘rsatilgan muddatga (besh yilgacha) beriladi va arizachining voyaga yetgan yaqin qarindoshlariga ham tatbiq etilishi mumkin. Jarayon to‘liq masofaviy tarzda — yagona davlat xizmatlari portali my.gov.uz yoki elektron soliq xizmatlari orqali, shuningdek, davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Belgilangan 50 ming dollar yig‘imni to‘lash uchun xorijlik arizasi ma’qullangandan so‘ng mahalliy bankda hisob raqam yoki kripto-hamyon ochishi kerak. Hujjatlar to‘plami minimal: pasport nusxasi va mamlakatda qonuniy bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (masalan, amaldagi viza) taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston soliq tizimini raqamli boshqaruv modeliga o‘tkazish rejalashtirilgani xabar qilingan edi. Bu 2027 yilgacha sun’iy intellektni joriy etish va fiskal jarayonlarni bosqichma-bosqich avtomatlashtirishni nazarda tutadi. Islohot byurokratiyani kamaytirish, soha shaffofligini oshirish va proaktiv boshqaruvga o‘tishga qaratilgan bo‘lib, unda asosiy soliqlar va ijtimoiy nafaqalar fuqarolar va biznes ishtirokisiz avtomatik hisoblanadi.

Source: podrobno.uz