O‘zgidromet agentligi xabariga ko‘ra, 2-5-iyun kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, ayniqsa, tog‘li hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli yuqori bo‘lib, bu hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni, dam oluvchilarni va haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqiradi. Tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarga ayniqsa diqqatli bo‘lish tavsiya etiladi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida mahalliy suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Aholi va mehmonlar xavfsiz joylarga o‘tishlari, daryo va soylardan uzoqroq turishlari so‘raladi.
Source: www.gazeta.uz