Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 30-may kuni Nexia 2 va Onix avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa soat 11:30 larda D-105 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 189-kilometrida, “Paxtakor” mahallasi hududida yuz bergan.

49 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia 2 avtomobili gaz quyish shoxobchasidan chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tgan. Shu vaqtda o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 26 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Onix avtomobili bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Nexia 2 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonada vafot etgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘qon shahrida voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi Malibu 2 piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan uch qizchani urib yuborgan edi. Oqibatda 10 yoshli qizcha shifoxonada vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ushlangan.

Source: www.gazeta.uz