Energetika vazirligi bosh mutaxassisi Nasibullo Muhammadjonov UzReport TV telekanalidagi “Huquqiy nigoh” podkastida O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari yuqori ekani haqidagi fikrlar noto‘g‘ri ekanligini aytdi.
Podkast boshlovchisi Sevara O‘rinboyeva fuqarolarning savol va mulohazalariga tayanib, iste’molchilarning fikricha, O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari allaqachon yuqori ekan, nega yana oshirilganini so‘radi.
“Bu fikrni ma’lum darajada noto‘g‘ri deb hisoblayman. Chunki globalelectric.org saytiga kirsangiz, O‘zbekistondagi energiya narxlari dunyoning eng arzon narx belgilangan 20 ta mamlakati qatoriga kirishini ko‘rasiz. [O‘zbekistonda] elektr energiyasining o‘rtacha narxi 4−5 sentni tashkil etadi. Xalqimizning „o‘zi oshgandi, yana oshirishdi“, degan fikrini to‘g‘rilash uchun bu narsan to‘g‘ri ta’riflash kerak”, — deya javob berdi vazirlik bosh mutaxassisi.
Energiya resurslari tariflari oshirilishining sabablari haqidagi savolga Energetika vazirligi vakili bularning asosida energiya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar — tannarx yotishini ta’kidladi. Elektr energiyasi misolida bu, xususan, issiqlik elektr stansiyalarida generatsiya qilish, tabiiy xomashyodan foydalanish, uni qayta ishlash va yoqish xarajatlaridir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa omillar qatoriga elektr energiyasini tashish xarajatlari hamda energiya obyektlariga, jumladan, transformator punktlari, podstansiyalar va elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari kiradi.
“Aholi uchun bazaviy me’yor doirasida belgilanayotgan narx elektr energiyasi ishlab chiqarish tannarxidan ancha arzon va bu farq budjet hisobidan qoplanmoqda”, — deydi Nasibullo Muhammadjonov.
O‘zbekistonda maishiy iste’molchilar uchun 1 kVt/soat elektroenergiya narxi: elektroplitali ko‘p qavatli uylar aholisi uchun (bazaviy tarifning 50 foizi); aholi uchun tabiiy gaz narxi (isitish mavsumida — noyabrdan fevralgacha); yuridik shaxslar uchun tariflar (tadbirkorlar bilan birga); hisoblagichi bo‘lmagan va belgilangan to‘lovni amalga oshiruvchi (gaz plitasidan foydalanuvchi) maishiy iste’molchilar uchun gaz tarifi oshadi.
Source: www.gazeta.uz