Namangan viloyatining Pop tumanida 23 yoshli yigit daryoda cho‘kib ketdi. Fojia 28 may kuni yuz berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum oila a’zolari bilan Chodaksoy daryosi bo‘yida dam olayotgan bo‘lib, suvga tushishga qaror qilgan. Hozirgacha uning jasadi topilmagan.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati avval ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni tasdiqladi. Tuman prokuraturasi tomonidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Qidiruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari jalb qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videoda hodisa joyi — suv bo‘yidagi dam olish maskani ko‘rsatilgan.
Videodagi ayolning aytishicha, mehmon daryoga sakragan va uni bir sutkadan beri topa olmayotganliklarini bildirgan.
Source: kun.uz