Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarga ko‘ra, 1 iyundan boshlab avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari siqilgan gazni kubometri uchun 5700-5800 so‘mdan sotishni boshladi.
Avvalroq ko‘pchilik yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narx kubometri uchun taxminan 5250 so‘mni tashkil qilgan edi. Shunday qilib, narx o‘sishi 8,5-10 foizni tashkil etdi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1 iyundan boshlab metan yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi kubometri uchun 2700 so‘m etib belgilangan.
Source: kun.uz