Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident tomonidan yoshlarning tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutilgan qaror imzolandi.

31 yoshga to‘lmagan yoshlarga asosiy qarz bo‘yicha 1 yilgacha, foiz to‘lovlari bo‘yicha 3 oygacha imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punktga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

Xususan, sug‘urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi bilan quyidagi loyihalar uchun imtiyozli mikrokreditlar ajratish nazarda tutilgan: yoshlarning chet tilini va raqamli texnologiyalarni o‘rganish, shuningdek zamonaviy kasb egallash xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 million so‘mgacha; ijtimoiy tarmoqlarda marketing, mobiliografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do‘konlar tashkil etish, shuningdek o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlash kabi zamonaviy kasblarni egallash loyihalari uchun – 50 million so‘mgacha; uy mehnati, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarni sotish, ulardan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish loyihalari uchun – 50 million so‘mgacha; nonvoychilik, shirinliklar tayyorlash va sotish loyihalari uchun – 100 million so‘mgacha.

Shuningdek, mulk garovi evaziga quyidagi loyihalar uchun 300 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi: maydonlarda, turistik zonalarda, gastronomik ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida harakatlanuvchi yoki yengil konstruksiyali punktlar va nuqtalar yaratish, ular uchun asbob-uskunalar va vositalar sotib olish – 200 million so‘mgacha; avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish va yuk yetkazib berish loyihalari uchun – 300 million so‘mgacha.

“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi doirasida quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga asosiy qarz bo‘yicha 2 yilgacha imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yilgacha muddatga kreditlar ajratiladi: ishsiz yoshlar uchun kamida ikkita ish o‘rni yaratayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga – 2 milliard so‘mgacha; har bir 1 milliard so‘m mablag‘ uchun kamida ikki nafar ishsiz yoshni ishga qabul qilish sharti bilan yuridik shaxslarga – 10 milliard so‘mgacha; 1000 dan ortiq ish o‘rni yaratgan tadbirkorlarga franchayzing tarmoqlarini kengaytirish uchun – 10 milliard so‘mgacha.

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va 31 yoshga to‘lmagan, biznes g‘oyalarini amalga oshirishni xohlovchi yoshlarga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 1 foiz punkt yuqori yillik stavkada quyidagi kredit mahsulotlari bo‘yicha kreditlar ajratiladi: o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlagan va biznesda birinchi qadamni qo‘ymoqchi bo‘lgan talabalar va yoshlarga garovsiz, 6 oylik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 18 oygacha muddatga – 20 million so‘mgacha; zarur biznes ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, tadbirkorlik sub’ekti sifatida mustaqil biznes boshlashni xohlovchi talabalar va yoshlarga 1 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 5 yil muddatga – 300 million so‘mgacha; tadbirkorlik sub’ekti sifatida mustaqil biznes boshlagan va faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan talabalar va yoshlarga 2 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yil muddatga – 2 milliard so‘mgacha.

Talabalar va yoshlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yilgacha imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 7 yil muddatga 10 milliard so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Source: www.uznews.uz