Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 6-7 iyun kunlari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma kunduzi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +28…+33 daraja atrofida, janubda +34…+36 darajagacha bo‘ladi.

Shanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari va yakshanbada Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi +34…+37 darajagacha yetadi.

Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7-iyunda 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 5−7 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida jumaning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +30…+32 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni +30…+32 daraja, yakshanba kuni +34…+36 daraja bo‘ladi.

Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10−12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Source: www.gazeta.uz