Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodaksoy soyida cho‘kib ketgan 24 yoshli yigitning jasadi sakkiz kunlik qidiruvdan so‘ng topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

FVB ma'lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 24 yoshli fuqaro 28-may kuni tumanning “Shayxon” MFY hududidagi dam olish maskani yaqinidan oqib o‘tuvchi Chodaksoy soyining cho‘milish taqiqlangan hududiga tushgan va suvga cho‘kib, oqib ketgan.

Voqeadan so‘ng viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Akmaljon O‘rinboyev boshchiligida qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Jarayonda tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari suv ustida, boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchilari esa suv ostida qidiruv ishlarini olib borgan.

1-iyun kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma'lum qilgan edi. 4-iyun kuni yigitning jasadi soydan topilgan va tegishli tartibda mutasaddi tashkilotlarga topshirilgan.

FVB fuqarolarni cho‘milish taqiqlangan va xavfli deb belgilangan hududlarda suvga tushmaslikka chaqirib, xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish muhimligini ta'kidladi.

Source: www.gazeta.uz