️ Sergeyli tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida 24 yoshli fuqaro O. E. ga nisbatan ish ko‘rib chiqildi. U Istanbul-Toshkent reysidagi samolyotda yo‘lovchi ayolga nisbatan odobsiz harakatlar qilgan. Sud qaroriga ko‘ra, bu haqda UzNews.uz muxbiri xabar berdi.
️ Hodisa Istanbul-Toshkent reysi bortida sodir bo‘lgan. Fuqaro O. E. yonida o‘tirgan ayolga jinsiy mazmundagi so‘zlarni aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u unga turmushga chiqishni va besh farzand ko‘rishni taklif qilgan.
️ Ayol chalg‘ish uchun telefonga qaragandek bo‘lganda, O. E. uning qo‘lidan telefonni tortib olib, suhbatga majburlagan. Jabrlanuvchi o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘lganida, erkak uning ko‘ylagidan tortib, tegib, qo‘lidan ushlagan.
️ Shuningdek, erkak chet elda bo‘lgan qizlar yengil xulqli bo‘lishini da’vo qilib, avvalgi jinsiy aloqalari haqida so‘ragan. U jinsiy mazmundagi boshqa gaplarni ham aytib, tazyiqni davom ettirgan.
️ Sudda fuqaro O. E. pushaymonligini bildirib, yengillik so‘ragan. Sud uni O‘zbekiston MJK 41-1-moddasi 1-qismi (Jinsiy zo‘ravonlik) bo‘yicha aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Source: uznews.uz