Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha sobiq inspektor-psixolog A.R. 14 yoshli qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

A.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. Voqea qachon sodir bo‘lgani aniq ko‘rsatilmagan.

Telegram’dagi “Negativ kanali” ma’lumotiga ko‘ra, A.R. 14 yoshli qizni xizmat xonasiga olib borib, unga nisbatan jinsiy harakatlar sodir etgan. Bu holat jamiyatda katta rezonansga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq Andijon viloyatida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish inspektori 15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda gumon qilingani xabar qilingandi. Bu kabi holatlar huquq-tartibot organlaridagi kadrlar tanlovi va nazorat tizimidagi kamchiliklarni ko‘rsatmoqda.

Source: www.gazeta.uz