Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Buxoroda 19 yoshli qiz, singlisining yigiti bilan munosabatlaridan foyda olish maqsadida, ularning shaxsiy fotosuratlari va videolarini tarqatish bilan tahdid qilgan. U avvalroq sutenyorlik va fohishaxona saqlash moddasi bo‘yicha sudlangan.

Qiz singlisining yigitiga bosim o‘tkazib, fotosurat va videolarni qarindoshlariga yuborish, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish, shuningdek, turli idoralarga murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. Jabrlanuvchi obro‘sini yo‘qotishdan qo‘rqib, 2 ming dollar talabini bajarishga rozi bo‘lgan.

2 iyun kuni Buxoro shahridagi “Bukhara City” majmuasida ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida qiz kelishilgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha tovlamachilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Xiva tumanida bir erkak ayoldan pul undirishda gumonlanib ushlangan edi. U ham jabrlanuvchining shaxsiy fotosuratlari va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan tahdid qilgan.

Source: podrobno.uz