Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida chiyabo‘ri xonadonlarga kirib aholiga hujum qilgani haqida xabar tarqaldi.

Unda jonivor to‘rt kishi, xususan, ikki bolani tishlagani, fuqarolardan biri uni panshaxa bilan o‘ldirgani hamda yaralangan fuqarolardan laboratoriya analizi olinib, davo choralari ko‘rilayotgani bildirilgan.

Sirdaryo viloyati hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirarkan, voqea 9-iyun kuni soat 17:30 atrofida Guliston tumanining “Ishonch” mahallasida sodir bo‘lgani va jonivor 4 nafar fuqaroga hujum qilganini tasdiqladi.

Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, yovvoyi hayvon zararsizlantirilgan va xavf bartaraf etilgan.

“Jarohat olgan fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda ularning salomatligi tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lib, ahvoli qoniqarli”, — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan zarur o‘rganish va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Vaziyat mutasaddi idoralar tomonidan nazoratga olingan.

Source: www.gazeta.uz