Samarqand viloyatining Payariq tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Bosh prokuratura shtabi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan korxona aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish sexi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Natijada korxona uzoq vaqt davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Energiya ta’minotchi tashkilotga yetkazilgan zarar 3 milliard 577 million so‘mni tashkil etdi. Hozircha vaziyat yuzasidan qanday choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Avvalroq Samarqand shahrida elektr tarmoqlariga noqonuniy ulangan kripto-ferma aniqlangani, yetkazilgan zarar 2,3 milliard so‘mga yaqin bo‘lgani xabar qilingan edi.
Source: podrobno.uz