Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, qashqadaryolik Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi.

Ro‘ziboy Sattorov Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. U Stalingrad frontida o‘qchi bo‘lib xizmat qilgan. 1941-yilda urush frontiga borib, 1945-yilda sog‘-salomat qaytib kelgan.

2025-yil Xotira va qadrlash kuni arafasida viloyat hokimi Murodjon Azimov 115 yoshni qarshi olgan faxriyning xonadoniga tashrif buyurib, davlat rahbarining tabrigini o‘qib eshittirgan va pul mukofotini topshirgan.

O‘shanda Ro‘ziboy Sattorov mehmonlar bilan kechgan suhbat davomida anchadan buyon amalga oshmay kelayotgan bir orzusi — samolyotda parvoz qilish istagi borligini aytgan. Shundan so‘ng prezident topshirig‘iga asosan, u Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyotda parvozni amalga oshirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 6-may holatiga ko‘ra, respublikada jami 60 nafar urush qatnashchisi va ularga tenglashtirilgan faxriy istiqomat qilardi. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Source: www.gazeta.uz