Toshkent va Abu-Dabi shaharlaridagi Interpolning Milliy markaziy byurolari hamkorligida xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish masalasi hal qilindi.
Qo‘lga olingan shaxslar tergov organlariga topshirildi. Toshkent va Abu-Dabi Interpol byurolari, shuningdek, BAAning Dubay shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi huzuridagi IIV vakilining ko‘magida qidiruvdagi shaxslar vatanga yetkazildi.
Ushbu fuqarolar ayniqsa katta miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda xalqaro qidiruvga berilgan edi. Xorijiy hamkorlar va O‘zbekiston tomonining muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari tufayli qidiruvdagilar mamlakatga qaytarildi. Qo‘lga olinganlar zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirildi.
Source: kun.uz