Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Seshanba kuni faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida, chorshanbada esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Payshanba-juma kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Respublika hududining katta qismida ish haftasi davomida havo harorati +33…+38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +41…+44 darajagacha bo‘ladi.
Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun kunduzi juda issiq bo‘ladi, cho‘l hududlarda esa 22−23-iyunda +41…+44 darajagacha bo‘lishi kuzatiladi. Keyinchalik havo harorati 4−6 darajaga pasayadi.
Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatiladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda dushanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +34…+36 daraja bo‘ladi. 23-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +36…+38 daraja bo‘ladi.
24-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +34…+36 daraja bo‘ladi. 25−26-iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +36…+38 daraja bo‘ladi.
Kechalari harorat +23…+25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10−12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Source: www.gazeta.uz