Xitoyning Guiyan shahrida bo'lib o'tgan World Boxing versiyasi bo'yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichida O'zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Musobaqada 40 davlatdan 177 nafar erkak va 123 nafar ayol sportchi ishtirok etdi. O'zbekiston to'liq tarkibda – erkaklar o'rtasida 10 vazn toifasida va ayollar o'rtasida 9 vazn toifasida qatnashdi.
Finalga 7 nafar o'zbek bokschisi chiqdi. Oltin medalni qo'lga kiritganlar: Nigina Uktamova (57 kg) – hindistonlik Prachi ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi; Abdumalik Xaloqov (60 kg) – braziliyalik Luiz Gabrielni 5:0 hisobida mag'lub etdi; Javohir Ummataliyev (80 kg) – braziliyalik Vanderley Pereyrani 3:2 hisobida yengdi; Turabek Xabibullayev (90 kg) – raqibining jarohati tufayli g'olib deb e'lon qilindi.
Kumush medalni Farzona Fozilova (48 kg), Asilbek Jalilov (50 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (80 kg) qo'lga kiritdi. Bronza medallari Arman Maxanov, Akmaljon Isroilov, Aziza Zakirova va Sitora Turdibekovaga nasib etdi.
Turnirning uchinchi va yakuniy bosqichi noyabr oyida Toshkentda bo'lib o'tadi.
Source: kun.uz