20-iyun kuni soat 18:20 holatiga ko‘ra, davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida 432 805 abituriyent qatnashdi.
Ulardan 200 298 nafari (46,3%) erkaklar, 232 507 nafari (53,7%) ayollardir.
Eng ko‘p abituriyentlar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan – 72 674 kishi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati – 46 848 va Farg‘ona viloyati – 42 264 abituriyent bilan. Eng kam ro‘yxatdan o‘tganlar Sirdaryo viloyatida – 14 008 kishi.
Ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 25-iyungacha davom etadi.
Source: kun.uz