Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident qarori bilan Umid Mahmudovich Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Umid Mamadaminov 1983-yil 24-yanvarda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini (bakalavr), 2015-yilda AQShning Oregon texnologiya institutini tamomlagan.

U bunga qadar vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Umarjon Egamberdiyev bunga qadar prezidentning energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili bo‘linmasining yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va Baxtiyor Mamatkarimov.

2024-yilning 29-martidan buyon energetika vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Mamatkarimovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazirlik jamoasi unga minnatdorlik bildirdi.

Source: www.gazeta.uz