Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mashhur «Andijon polkasi» raqsi rasman Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Tarixiy chiqish Andijonga «Turkiy dunyoning madaniy poytaxti — 2026» maqomi berilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili tadbirni shaxsan kuzatib, u barcha belgilangan talablarga to‘liq javob berganini tasdiqladi.
«Andijon polkasi» eng ommaviy ijro etilgan milliy raqs sifatida jahon rekordiga ega bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bu yutuq milliy madaniyatni xalqaro maydonda targ‘ib qilishga va o‘zbek raqs maktabining dunyodagi obro‘sini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Source: uznews.uz