Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruqxonada 21 yoshli sog‘lom ayol tug‘ruqdan so‘ng falaj bo‘lib qolgan. Voqea 24 aprel kuni sodir bo‘lgan. Homiladorlik asoratsiz kechgan, ayol tug‘ruqqa jiddiy muammolarsiz kelgan.

Tug‘ruq paytida og‘riqni qoldirish uchun epidural anesteziya qo‘llanilgan. Shundan so‘ng ayolning ahvoli yomonlashgan va u komaga tushgan. Bola kesarcha kesish yo‘li bilan olingan.

Uch kundan so‘ng ona va chaqaloq Respublika tez tibbiy yordam markazining reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Ayol komadan chiqqan, ammo falaj belgilari kuzatilmoqda. Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi hodisani tasdiqlagan va bemor shifokorlar nazoratida ekanligini ma’lum qilgan.

Holatning yomonlashuvi sabablari bo‘yicha rasmiy xulosa hali e’lon qilinmagan. Avvalroq o‘zbek anesteziologi Jahongir Jo‘rayev Kun.uz’ga bergan intervyusida anesteziologiya sohasida chuqur islohotlar zarurligini ta’kidlagan edi.

Source: kun.uz