Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Prezident Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni videoselektor yig‘ilishida qurilish materiallari sanoati holatini muhokama qildi.

Davlat rahbari eksport masalalariga alohida to‘xtalib, qo‘shni davlatlar har yili 13 milliard dollarlik qurilish materiallari import qilishini ta’kidladi. Markaziy Osiyo bozorlari hisobiga qo‘shimcha 440 million dollarlik eksportni oshirish imkoniyati borligi qayd etildi.

«Bir narsani tushuning: tashqi bozorlardagi qattiq raqobat sharoitida, har bir dollar uchun kurash ketayotgan bir paytda, eksportni ko‘paytirish uchun noan’anaviy yechimlar kerak», — dedi prezident.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda turar-joy va tijorat ob’ektlarini qurish bo‘yicha yirik dasturlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan mas’ul shaxslarga 3-4 ta namunaviy energiya tejamkor turar-joy uylarini qurish va Boku, Tbilisi, Moskva, Ostona, Bishkekda rod-shoular o‘tkazish topshirildi.

«Agar O‘zbekiston ushbu mamlakatlarning uy-joy qurilishi sohasida ishonchli hamkoriga aylansa, bu elektronika, uy to‘qimachiligi va mebel sanoati korxonalari uchun ham yangi eksport imkoniyatlarini ochadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Source: uznews.uz