Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda so‘nggi besh yil ichida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar soni deyarli 2,5 barobarga oshgan. 2021-yilda 6 mingga yaqin holat qayd etilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 15 mingdan oshgan.

Narkotik moddalarni musodara qilish hajmi ikki barobar, sintetik moddalar esa yetti barobar ko‘paygan. 2021-yildan beri yashirin narkolaboratoriyalar faoliyati aniqlanmoqda.

Narkotik va o‘qotar qurol nazorati agentligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyev va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Bojxona organlari tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida 1,8 tonna giyohvandlik vositalari, 140 kilogrammdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va 1,6 tonna prekursorlar musodara qilingan.

Xorijiy huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda “nazorat qilinadigan yetkazib berish” usuli bo‘yicha 11 ta xalqaro operatsiya o‘tkazilgan.

Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bojxona organlari bilan birgalikda Chilonzor tumanida yashirin narkolaboratoriyani aniqlagan edi.

Source: podrobno.uz