Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining VII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotning 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari uyushmaning 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish konsepsiyasini tasdiqladilar. Shuningdek, boshqaruv kengashi va taftish komissiyasining yangi tarkibi saylandi, nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Konferensiyaning asosiy kadr qarori – yangi rahbariyatning saylanishi bo‘ldi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi boshqaruv kengashi raisi etib Shuhrat Oripov saylandi. Uning o‘rinbosarlari lavozimlariga esa Dilshod Buriyev va Shahribonu Imomova tasdiqlandi.

Source: podrobno.uz