O‘zgidromet 28 iyundan 3 iyulgacha kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va toshqin xavfi borligi haqida ogohlantirdi.
Ogohlantirish quyidagi viloyatlar va tumanlarga tegishli: Qashqadaryo viloyati (Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari); Surxondaryo viloyati (Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari); Samarqand viloyati (Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari); Navoiy viloyati (Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari); Jizzax viloyati (Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Farish, Yangiobod tumanlari); Toshkent viloyati (Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari); Namangan viloyati (Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari); Farg‘ona viloyati (So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari); Andijon viloyati (Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlari, Xonobod shahri).
Tog‘ oldi va tog‘li hududlar aholisi, dam oluvchilar va tog‘li hududlarga chiqayotgan haydovchilar ehtiyot choralariga rioya qilishlari so‘raladi.
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvi to‘planishi mumkin, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Source: kun.uz