Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Niderlandiyaning KidsRights fondi va Rotterdamdagi Erasmus universiteti tomonidan tayyorlangan Global bolalar huquqlari indeksi (KidsRights Index) 2026 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 194 davlat orasida 96-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan ikki pog‘onaga pastroq natijadir.

Indeks besh kategoriya bo‘yicha baholaydi: hayot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, himoya va qulay muhit. O‘zbekistonning umumiy balli 0,679 ni tashkil etdi. Eng yaxshi ko‘rsatkich sog‘liqni saqlash sohasida qayd etilgan (15-o‘rin), eng yomoni esa qulay muhit (124-o‘rin) va himoya (115-o‘rin) bo‘yicha.

Reyting yetakchilari: Lyuksemburg (0,871), Islandiya (0,867), Monako va Germaniya (0,866). Top-10 ga Niderlandiya, Norvegiya, Gretsiya, Belgiya, Sloveniya, Avstriya va Tailand kiradi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natija Qozog‘istonga tegishli (24-o‘rin). Turkmaniston 75-, Qirg‘iziston 82-, Tojikiston 92-o‘rinda. Taqqoslash uchun: Xitoy 81-, Rossiya 151-, Isroil 110-, Ukraina 36-, Buyuk Britaniya 132-o‘rinda. AQSh reytingga kiritilmagan, chunki u BMT Bolalar huquqlari konvensiyasini ratifikatsiya qilmagan.

KidsRights indeksi 2013 yildan beri e’lon qilinadi va bolalar huquqlariga rioya qilishni baholovchi yagona global reyting hisoblanadi.

Source: kun.uz