Iordaniya poytaxti Amman shahrida O‘zbekistonning turistik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent va Amman o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tashkil etildi.
Jadvallarga ko‘ra, Royal Jordanian aviakompaniyasining RJ196 reysi birinchi parvozini 30 iyun kuni Ammandan soat 22:50 da (Toshkent vaqti bilan 00:50) amalga oshiradi.
Poytaxtga kelish mahalliy vaqt bilan ertasi kuni soat 05:25 ga rejalashtirilgan. Ushbu yangi yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi turistik va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Source: www.uznews.uz