Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 8 ta tibbiyot muassasasida 2023-2025-yillar davomida ko‘rsatilgan pulli tibbiy xizmatlar narxini o‘rganib chiqdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan. Qo‘mita tahlillariga ko‘ra, tibbiyot muassasalarida narxlarning sun’iy ravishda oshishiga quyidagi omillar sabab bo‘lgan.

Aniqlangan qonunbuzilishlar ortidan qo‘mita 6 ta tibbiyot muassasasiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Ularga qonunchilik talablari buzilishini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilardan asossiz undirilgan 285,4 mln so‘m mablag‘ni 127 mingdan ortiq fuqaroga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida pullik tibbiy xizmatlar narxlarini sun’iy oshiruvchi omillar bartaraf etildi. Natijada aholi uchun pullik tibbiy xizmatlar narxlarining o‘rtacha 5-10 foizga arzonlashishi ta’minlandi, deyiladi xabarda.

Avvalroq qo‘mita 8 ta respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazida tibbiy xizmatlar tariflari noto‘g‘ri shakllantirilganini aniqlagandi. Idora ushbu muassasalarga narxlarni qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Source: www.gazeta.uz