Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish yakunlariga ko‘ra, mamlakatda bir yildan ortiq muddatda yashayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro qayd etilgan.

Eng ko‘p xorijiy fuqarolar Toshkent shahrida istiqomat qiladi – 19 300 kishi.

Xorijiy fuqarolar orasida eng katta guruhni Hindiston fuqarolari tashkil etadi – 13 312 kishi. Keyingi o‘rinlarda Rossiya fuqarolari – 10 826, Qozog‘iston – 9 425, Tojikiston – 5 722, Turkmaniston – 5 347 va Qirg‘iziston – 4 397 kishi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 1 433 nafar Pokiston fuqarosi, 1 031 nafar Xitoy fuqarosi, 811 nafar Turkiya fuqarosi va 691 nafar Janubiy Koreya fuqarosi yashaydi. Yana 3 865 kishi boshqa davlatlardan kelgan.

Source: uznews.uz