O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, tennischimiz Kamilla Rahimova nufuzli “Uimbldon” turnirining ilk bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.
Birinchi davra uchrashuvida vatandoshimiz ukrainalik raqibi Anjelina Kalininaga qarshi maydonga tushdi. Uch set davom etgan keskin bahs 4:6, 6:4, 7:5 hisobida o‘zbekistonlik sportchi foydasiga hal bo‘ldi.
Endi Kamilla Rahimova ikkinchi bosqichda gretsiyalik tennischchi Mariya Sakkari bilan to‘qnash keladi. Shuningdek, bugun birinchi davra doirasida Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva ham o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Source: podrobno.uz