30-iyun kuni Qirg‘iziston moliya vaziri Ruslan Suynaliyev va O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanayotganini, moliya sohasida yangi imkoniyatlar ochilayotganini ta’kidladi.
Muzokaralarda ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va amaliy sheriklik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Alohida e’tibor davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish va amaliy aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Source: podrobno.uz