Toshkentning Yunusobod tumanida Lacetti va Kia K5 avtomobillari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarga ko‘ra, Kia K5 yuqori tezlikda chorrahani kesib o‘tib, burilayotgan Lacettiga urilgan. Kuchli zarbadan Lacetti ikki bo‘lakka bo‘linib ketgan.
Hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 da Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan. Lacetti Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan, Kia K5 esa bosh yo‘ldan kelayotgan edi.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: kun.uz