O‘zbekiston, Toshkent – Podrobno.uz. Davlat xavfsizlik xizmati Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini oldi.
Birinchi holatda “Urguttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining mansabdor shaxsi o‘sha tashkilotning sobiq xodimi bilan til biriktirgan. Ular mahalliy MChJga tegishli ishlab chiqarish sexiga yangi gaz taqsimlash uskunasini o‘rnatish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik shartlarga ruxsat olishni va’da qilgan. Xizmatlari evaziga 2 ming dollar talab qilgan. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar ko‘rsatilgan summani olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ikkinchi korrupsiya fakti Qashqadaryo viloyatida aniqlangan. Kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i avvalroq fuqarodan 11 600 dollar olgan. Bu pul evaziga amaldor boshqa shaxs nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sug‘oriladigan yer uchastkalarini sotib olishda yordam berishni va’da qilgan. Rahbar lavozimidagi xodim va’dasini bajarmagan va 49,7 million so‘m miqdoridagi pulning bir qismini qaytarayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Tergov oldi tekshiruvi davomida u jabrlanuvchiga qolgan 89,5 million so‘mni ham qaytargan.
Ikkala fakt bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Source: podrobno.uz