Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

30-iyun kuni soat 13:59 da A-373 avtomobil yo‘lining Kamchik dovoni qismida yonilg‘i tashuvchi yuk mashinasi metall ajratuvchi to‘siqqa borib urilgan va harakatni davom ettira olmagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, natijada avtomobil to‘siqqa urilib, to‘xtab qolgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Voqea joyiga “Kamchik” maxsus qutqaruv boshqarmasi xodimlari tezda yetib kelgan. Maxsus texnika yordamida yuk mashinasi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Source: kun.uz