Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” bojxona postida ikki marta oltin buyumlarni noqonuniy olib o‘tishga urinish fosh etildi. Qo‘shni davlatdan kelgan ikki fuqaro mobil telefonlar ichiga yashirgan 228 gramm zargarlik buyumlari bojxona xodimlari tomonidan aniqlangan.

Yana bir fuqaro yanada noodatiy usulni tanlagan. U 24 gramm og‘irlikdagi oltin quymasini til ostiga yashirib, uni konfet deb ko‘rsatishga uringan. Biroq bojxona nazoratidan o‘ta olmagan: topilma aniqlanib, musodara qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 252 gramm oltin buyumlari va quymasi musodara qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati taxminan 400 million so‘mni tashkil etadi. Musodara qilingan buyumlar daliliy ashyo sifatida saqlashga topshirilgan.

Huquqbuzarlik faktlari bo‘yicha tergovgacha tekshiruvlar olib borilmoqda. Avvalroq Toshkent viloyatidagi O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida 85 million so‘mlik zargarlik buyumlarini noqonuniy olib o‘tishga urinishning oldi olingan edi.

Source: podrobno.uz