2026-yil boshida o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i 20 yoshga to‘lmagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisining 38,5 foizi yoki 15 million kishi 20 yoshdan kichikdir. Respublikaning umumiy aholisi 39 million kishiga baholanmoqda.
14 yoshgacha bo‘lgan bolalar aholining 30,5 foizini (11,9 million) tashkil etadi, 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ulushi esa 52 foizga (20,3 million) yetgan.
Qo‘mita, shuningdek, 40-44 yosh guruhida erkaklar va ayollar soni taxminan teng ekanligini ta’kidladi. Yoshroq guruhlarda erkaklar ustunlik qilsa, katta yosh guruhlarida ayollar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Barcha keltirilgan ma’lumotlar dastlabki xarakterga ega bo‘lib, ro‘yxat materiallari to‘liq qayta ishlangandan so‘ng tuzatiladi.
Source: kun.uz